Dori vositalarini davlat röyxatidan ötkazişning yangi tartiblari belgilandi
Prezident farmoni bilan:
➖ 2025-yil 1-oktyabrdan boşlab Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti röyxatiga kiritilgan tartibga soluvçi organlar (WHO Listed Authorities), Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining Global taqqoslaş vositasi (Global Bençmarking Tool) böyiça 4-darajali yetuklikka (Maturity Level 4) ega bölgan tartibga soluvçi organlar tomonidan röyxatdan ötkazilgan dori vositalari Özbekistonda tan oliş orqali davlat röyxatidan ötkaziladi.
➖ 2026-yil 1-yanvardan boşlab mahalliy va xorijiy işlab çiqaruvçilar dori vositalarini davlat röyxatidan ötkaziş va röyxatdan ötkazilganlik guvohnomasining amal qiliş muddatini uzaytiriş uçun “Zarur işlab çiqariş amaliyoti – GMP” milliy sertifikatiga ega bölişi talab etiladi.
- 2 Telegram Stars


