Dorixonalarda elektron retsept tizimi işga tuşdi
Cheklangan narxdagi dorilar ro’yxati.xlsx
XLSX · 1,4 MB
💊 Dorixonalarda elektron retsept tizimi işga tuşdi
10-dekabrdan boşlab Toşkent şahrida hamda yurtimizdagi yana 15 ta tuman va şaharda dorilar elektron retsept asosida berilmoqda. Hukumat qaroriga köra, 2026-yil oxiriga kelib, uşbu tizim barça tibbiyot muassasalari va dorixonalarni qamrab olişi rejalaştirilgan.
Yaʼni siz endilikda şifokor retsepti bilan sotilişi möljallangan dorilarni aptekadan elektron retseptsiz ololmaysiz.
❓Bu qanday işlaydi?
Sizni körikdan ötkazgan şifokor taşxis qöyadi va Sizga tavsiya etilgan dorilarni “Elektron retsept” tizimiga kiritadi. Dorixonaga borganingizda elektron tizimda yozilgan dorilarni xarid qilişingiz mumkin böladi. Retseptsiz sotilişi taqiqlangan dorilarni şifokor elektron tizimga kiritmagan, yaʼni Sizga tavsiya qilmagan bölsa, endi sotib ololmaysiz.
Agar bemor sörasa, elektron retseptni qoğozda çop etib beriş ham mumkin. Faqat bunda elektron retseptda maxsus QR-kod hamda şifokorning elektron imzosi böladi. Yaʼni öşa QR-kodni faollaştirganda elektron tizimdagi retsept çiqib kelişi kerak. Bu soxta retseptlar yasab olişdan himoya qiladi.
Sinov tariqasida işga tuşirilgan 15 ta tuman va şaharlar röyxati:
Yangiyöl, Samarqand, Çimboy, Asaka, Ğijduvon, Ğallaorol, Kitob, Xatirçi, Çortoq, Bulunğur, Iştixon, Denov, Sirdaryo, Quva, Şovot.
❗️Maʼlumot uçun, 9-dekabr holatiga köra, retsept böyiça beriladigan 12 ming 815 ta nom va dozirovkadagi dori vositalari röyxati tasdiqlangan.
Mazkur röyxat yuqoridagi jadvalda keltirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
- 3 Telegram Stars


