«Elektron retsept» tizimi bekor qilinmaydi — SSV
❌ “Elektron retsept” tizimi bekor qilinmaydi — SSV
Ijtimoiy tarmoqlarda “Elektron retsept” tizimi bekor qilinayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Bunga Soğliqni saqlaş vazirligining jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan buyruq loyihasi asos qilib keltirilayotgan edi.
Vazirlikning maʼlum qilişiça, buyruq loyihasi notöğri talqin qilingan. Unga köra, bundan avvalgi, 2025-yil 15-dekabrdagi 25-sonli buyruqda “Elektron retsept” tizimi asosida beriladigan dori vositalarining röyxati bosqiçma-bosqiç şakllantirilişi közda tutilgan edi.
Yangi buyruq loyihasida esa Toşkent şahri hamda tajriba-sinov loyihasi amalga oşirilayotgan 15 ta tuman (şahar)da joylaşgan barça tibbiyot taşkilotlari va dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari elektron retsept tizimiga töliq ötkazilişi nazarda tutilmoqda (alohida toifadagi kuçli taʼsir qiluvçi moddalar, tarkibida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar saqlovçi dori vositalari hamda reimbursatsiya dasturi bilan boğliq jarayonlar bundan mustasno).
❓Bu nima degani?
Xullas, elektron retsept böyiça yangi tartib joriy qilinayotgani uçun eski buyruqni bekor qilişmoqçi. Şunga baʼzilar notöğri tuşungan.
👉 @xushnudbek 👈


