Migratsiya agentligi xodimlari fuqarolardan 700 ming dollardan ortiq pul olganlikda uşlandi
Davlat xavfsizlik xizmati:
Migratsiya agentligining Namangan viloyati filiali boş mutaxassisi xizmat mavqeidan foydalangan holda, aldov yöli bilan bir guruh fuqarolarning işonçiga kirib, ularni Janubiy Koreya davlatiga işga yuboriş evaziga 41 ming AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Tekşiruv davomida u bu işni agentlik markaziy apparati boş mutaxassisi bilan birga qilgani aniqlangan. Ikkinçi xodim ham 15 ming dollar olayotganida uşlangan.
Maʼlum bölişiça, ular 2024-yilda 80 dan ortiq fuqarodan jami 700 ming dollardan köproq pul olib, ularni işga yubormagan.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, mazkur jinoiy guruhning qolgan aʼzolarini aniqlaş va ularni tergovga jalb qiliş böyiça zarur çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Xorijga işga yuboriş bilan boğliq har qanday şubhali takliflar yuzasidan DXX “Call-markazi”ning 1520 qisqa telefon raqami orqali murojaat qiliş mumkin.
- 3 Telegram Stars



