405 nafar şaxs 142 mln sömga çuv tuşdi
405 nafar şaxs 142 mln sömga çuv tuşdi
31 yaşar kiberfiribgar odamlarni çuv tuşirişning antiqa yölini öylab topadi. Unga köra, behayo saytlarga kirganlarning ekranida Içki işlar vazirligi nomidan soxta ogohlantiriş çiqadi. Siz taqiqlangan saytga kirdingiz, endi jarima tölang, yöqsa telefoningni bloklab, mazzangni qoçiramiz, degan yolğon gap aytiladi.
Behayo video tomoşa qilaman deganlar esa bunga çippa-çin işonib, qörqqanidan körsatilgan karta raqamiga 350 ming söm miqdorida pul ötkazib beradi.
Unaqa soddalar soni 405 nafar ekan. Firibgar esa şubha uyğotmaslik uçun karta raqamlarini almaştirib turgan. U mazkur hiylasi orqali 5 kun içida 142 mln söm “işlab topgan”. Endi esa buning uçun qonun oldida javob berişiga töğri keladi.
👉 @xushnudbek 👈



