Öqişga kiritiş va «perevod» uçun pul olganlar uşlandi
Öqişga kiritiş va “perevod” uçun pul olganlar uşlandi
DXXning Andijon viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Andijon tumanida yaşovçi, 1982 y.t. şaxs mahalliy fuqaroning işonçiga kirib, uning qarindoşini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali Andijon şahridagi oliygohlardan biriga öqişga kiritib qöyiş evaziga 10 ming AQŞ dollari olgan vaqtda uşlandi.
Toşkent şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda esa Oqqörğon tumanida yaşovçi, 1973 y.t. şaxs firibgarlik yöli bilan mahalliy fuqarodan uning tanişini poytaxtdagi OTMlardan biriga özining tanişi orqali öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilib, evaziga 5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida qölga olindi. Söngra tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur işga aloqador bölgan uşbu oliy taʼlim muassasasi xodimi ham 5 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi.
Şuningdek, guyoki özini Davlat test markazi xodimi deb taniştirgan, 1997 y.t., Toşkent şahridagi universitetlardan birining magistranti fuqarodan uning Tojikiston Respublikasidagi institutlaridan birida taʼlim olayotgan qarindoşining öqişini Toşkent şahridagi oliy taʼlim muassasalaridan biriga köçirib beriş evaziga 3 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
DXXning Toşkent viloyati böyiça boşqarmasi hamda Bekobod şahar IJQK departamenti xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda Bekobod şahridagi MÇJlardan birining iş boşqaruvçisi fuqarodan uning Tojikistondagi oliy taʼlim muassasalaridan birida tahsil olayotgan qarindoşini Toşkent şahridagi universitetlardan biriga köçirib beriş evaziga 2200 AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Xuddi şunday, Bekobod tumanida yaşovçi, 1999 y.t., xozirda Tojikistondagi universitetlardan birining talabasi mazkur oliygohdagi boşqa talabaning öqişini Özbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalaridan biriga köçirib beriş evaziga 2 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.
Hozirda barça holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


