Muhim

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uçun tavsiyanoma olişga arizalar qabul qiliş boşlandi

Matn16-may, 2026, 18:172 daqiqa0 koʻrish

❗️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uçun tavsiyanoma olişga arizalar qabul qiliş boşlandi
#abituriyent

Arizalarni Yagona portal orqali 8-iyunga qadar onlayn yuboriş mumkin:
📝 https://my.gov.uz/uz/service/1432

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga har yili 2 mingta qöşimça grant örni berilar edi, ötgan yildan boşlab bu ikki baravar köpaytirildi va 4 mingta grant örni beriladigan böldi.

✅ Talabgorlar quyidagi 6 ta mezondan biriga tuşsa, tavsiyanoma beriladi:

— Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning xotin-qizlari;

— toʼliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, yaʼni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

— turmuş oʼrtoği vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolğiz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

— nogironligi boʼlgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

— ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boşqa qarindoşlaridan alohida (ijarada) yaşayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolğiz ayollarning qiz farzandlari;

— ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinçi yoki ikkinçi guruh nogironi boʼlgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlarga mos kelgan, şuningdek, umumiy oʼrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatga ega boʼlgan ehtiyojmand oilalardagi BARÇA talabgor xotin-qizlarga beriladi. Yaʼni tavsiyanoma soni çeklanmagan.

Mazkur tavsiyanoma bir yil muddatga beriladi. Ötgan yili tavsiyanoma olgan, lekin öqişga kira olmagan xotin-qizlar joriy yilda tavsiyanoma oliş uçun yana qayta murojaat qilişlari kerak.

‼️BU MUHIM: bu tavsiyanoma heç qanaqa ball qöşib bermaydi‼️

Köpçilik tavsiyanoma olsam 4% ball qöşiladi, deb xato tuşunadi.

Şuningdek, xotin-qizlar tavsiyanomasi bor abituriyentlar 100% öqişga kiradi, degani emas. Buning uçun yetarli ball ham oliş kerak edi. Batafsil mana bu yerda tuşuntirilgan:
https://t.me/xushnudbek/24864

Tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun 2025-yilgi ötiş bali bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/29158

❗️Şuningdek, mutaxassisligi böyiça kamida 5 yil mehnat staji mavjud oliy maʼlumotga ega bölmagan xotin-qizlar 500 ta kvota uçun joriy yilning 31-mayga qadar (şu kuni ham) ariza yuborişi kerak. Bu haqda batafsil bu yerda:
https://t.me/xushnudbek/32038

Bu ikkita tavsiyanoma boşqa-boşqa bölib, bir kişi ikkala tavsiyanomani ham olişi mumkin (agar mezonlariga töğri kelsa).

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek