Muhim

Ehtiyojmand qizlarga tavsiyanoma berişda noqonuniy talab haligaça olib taşlanmadi

Albom1-iyun, 2026, 22:403 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Ehtiyojmand qizlarga tavsiyanoma berişda noqonuniy talab haligaça olib taşlanmadi. Endi sunʼiy tösiq sababli ballar keskin tuşadimi?
#abituriyent

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliygohlarga kiriş uçun 4 mingta qöşimça davlat granti ajratiladi. Buning uçun xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qömitasidan tavsiyanoma olişi kerak.

Xotin-qizlar tavsiyanoma oliş uçun 6 ta mezondan birontasiga töğri kelişi kerak. Toifalar röyxati bu yerda.

Joriy yilda ilk marta arizalar my.gov.uz portali orqali qabul qilinadigan böldi. Ammo bunda bir muammo yuzaga keldi. Ariza topşiriş çoğida xotin-qizlardan ijtimoiy daftarlardan birontasida turganligi haqida majburiy band qöşib qöyildi. Uşbu bandni tanlamasangiz, ariza yubora olmaysiz. Natijada minglab xotin-qizlar tavsiyanoma oliş tugul, şunçaki ariza ham yubora olmayapti.

Vaholanki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga köra, tavsiyanoma oliş uçun xotin-qizlar albatta ijtimoiy daftarlardan birida turişi talab etilmaydi. Nizomda bunaqa band yöq!

Nizomga köra, özini 6 ta mezondan biriga töğri kelaman, deb hisoblagan xotin-qizlar ariza beradi, Oila va xotin-qizlar qömitasining tuman (şahar) bölimlarida tuzilgan işçi guruhlar esa arizani körib çiqib, tavsiyanomani beriş yoki bermaslik haqida qaror qabul qiladi.

Nizomning 18-bandida esa bunday deyilgan:

Işçi guruhlar zarur hollarda oilaning ehtiyojmandligi darajasini «Temir daftar» va «Ayollar daftari»ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda «Yoşlar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar töğrisidagi maʼlumotlar orqali aniqlaydi.

Körib turganingizdek, ijtimoiy daftarlarga faqat zarur hollardagina murojaat qiladi. Bu band aslo xotin-qizlar tavsiyanoma olişi uçun ijtimoiy daftarlarda turişi şart degani emas!

Yuqorida aytganimizdek, uşbu sunʼiy tösiq sababli köplab xotin-qizlar ariza ham yubora olmayapti. Bu esa tavsiyanoma olgan xotin-qizlar sonining keskin kamayişiga sabab böldi.

Ötgan yili 30-maydan 7-iyunga qadar (9 kun) jami 20 ming 516 ta ariza kelgan, şundan 14 ming 99 nafar talabgorga tavsiyanoma berilgan edi.

Joriy yilda esa arizalar qabuli vaqtliroq (15-maydan) boşlandi. Lekin mana şu yarim oy içida atigi 10 mingta ariza kelib tuşdi, şundan 8 mingta tavsiyanoma berildi. Bu ötgan yilgidan 6 mingga kam degani.

Özi Prezident siyosati ehtiyojmand xotin-qizlarni köproq qöllab-quvvatlaş, ularni taʼlimga jalb etiş kölamini kengaytiriş bölib turgan bir paytda, bunday sunʼiy tösiq uşbu siyosatga zid bölmayaptimi? Boz ustiga ötgan yili Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan ehtiyojmand xotin-qizlarga beriladigan qöşimça davlat kvotasi hajmi 2 barobarga oşirilib, 2 mingdan 4 mingga köpaytirilgan edi. Buyoqda esa biz kamroq kişiga tavsiyanoma beryapmiz.

Agar bu şunday qolsa, unda joriy yilda tavsiyanoma olgan xotin-qizlar uçun ötiş ballari öta keskin pasayadi. Özi ötgan yili ham kvota köpayişi hisobiga ballar keskin tuşgandi.

Bu degani 8 mingta tavsiyanoma olganlarning har ikkitadan bittasi davlat grantga kiradi, deganimi? Lekin masalaning boşqa nozik tomoni ham bor. Şu 8 ming kişi orasida grant uçun minimal talab bölgan 68 ballni töplay oladiganlar 4 ming kişi çiqarmikan, şudir masala? Yoki sunʼiy tösiq sababli joriy yilda kvota tölmay qolarmikan?

Nizom böyiça tavsiyanomalar uçun arizalar beriş 8-iyunga qadar (7-iyun oxirgi sana) davom etişi kerak. Garçi Yagona portalning rasmiy sahifasi ehtiyojmand xotin-qizlardan tavsiyanoma uçun arizalarni 31-maygaça qabul qilamiz, deb eʼlon bergani bilan, bu amaldagi qonunçilikka zid hisoblanadi. Arizalar qabulini 8-iyungaça yopib qöyişga heç kimning haqqi yöq.

Xatoni töğrilaş va qonunçilikka moslaş uçun Qömitada haliyam imkon bor. Tezroq ariza berişdagi sunʼiy tösiqni olib taşlab, köproq xotin-qizlarni jalb qiliş kerak.

Butun Özbekistonda 6 ta toifaga mos keladigan ehtiyojmand xotin-qizlar atigi 8 ming nafar ekanligiga çin dildan işonasizlarmi yoki?

👉 @xushnudbek 👈

  • 13 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek