Muhim

Endi, jarima ballari oşib ketsa, haydovçi transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilinadi

Matn21-fevral, 2025, 16:312 daqiqa0 koʻrish

❗️ Endi, jarima ballari oşib ketsa, haydovçi transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilinadi

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan qöşimçalarga köra, yöl harakati qoidalarini buzgan haydovçilarga jarima ballari hisoblanadi. Agar bu ballar 12 dan oşsa, haydovçi transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilinadi.

Quyidagi holatlar uçun maʼmuriy javobgarlik belgilandi:

🔹 Siqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilği aralaşmasida işlaydigan transport vositalaridan foydalanişda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uçun;

🔹 Transport vositasida odam taşiş qoidalarini buzganlik uçun;

🔹 Transport vositalarini quvib ötiş qoidalarini buzganlik uçun;

🔹 Yöl bezoriligi uçun;

🔹 Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining foto- va (yoki) videotasvirini ularning obrösizlanişiga olib keladigan tarzda buzib tarqatganlik uçun.

Yöl harakati qoidabuzarliklari böyiça hisoblanadigan jarima ballari belgilangan miqdordan oşganligi uçun maʼmuriy jazo qöllanilanadi. Bunda:

➖ Belgilangan huquqbuzarliklar sodir etilganligi uçun transport vositasi haydovçisiga mazkur huquqbuzarliklarda nazarda tutilgan asosiy jazo bilan birga jarima ballari hisoblanadi. Bunda sodir etilgan har bir huquqbuzarlik uçun hisoblanadigan jarima ballining eng yuqori miqdori 2 balldan oşmasligi kerak.

➖ Jarima ballari belgilangan huquqbuzarliklardan biri birinçi marta sodir etilgan kundan boşlab bir yil davomida hisoblab boriladi. Uşbu moddaning birinçi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar uçun hisoblangan jarima ballari bir yil ötgaç transport vositasi haydovçisidan avtomatlaştirilgan tarzda yeçiladi.

➖ Hisoblangan jarima ballari bir yil davomida 12 balldan oşgan holatlarda, oxirgi sodir etilgan huquqbuzarlik uçun belgilangan tartibda qöşimça jazo sifatida haydovçi transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum qilinadi. Bunday huquqdan mahrum qiliş muddati 6 oydan kam bölmasligi belgilandi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek