Piyodalar yölaklarida transport vositalarini yurgizganlik uçun javobgarlik belgilandi
❗️Piyodalar yölaklarida transport vositalarini yurgizganlik uçun javobgarlik belgilandi
Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan özgartiriş va qöşimçalarda quyidagi holatlar uçun javobgarlik belgilanişi nazada tutiladi:
🔹 trotuarlarda, piyodalar va velosiped yölaklarida transport vositalarini yurgizganlik;
🔹 yöl harakati iştirokçilarining harakatiga tösqinlik qiluvçi noqonuniy tösiqlar va boşqa qurilmalar örnatganlik;
🔹 yönalişli transport vositalari uçun alohida ajratilgan tasmasi bor yöldan transport vositalarining harakatlanganligi.
Yönalişli transport vositalari uçun alohida ajratilgan tasmasi bor yöldan transport vositalarining harakatlanişi (bundan ruxsat etilgan hollar mustasno) quyidagi tartibda javobgarlik belgilanişiga sabab böladi:
🔸 BHMning 1 baravari (375 ming söm) miqdorida jarima;
Xuddi şunday huquqbuzarlikni maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etganlik uçun esa:
🔸 BHMning 3 baravari miqdorida jarima (1 mln 125 ming söm).
👉 @xushnudbek 👈
- 10 Telegram Stars



