Ertaga Özbekiston ikkinçi marotaba PISA xalqaro tadqiqotida iştirok etadi
Ertaga Özbekiston ikkinçi marotaba PISA xalqaro tadqiqotida iştirok etadi
Joriy yil 233 ta maktabdagi 9 mingga yaqin 15 yoşli öquvçilarning bilimi PISA xalqaro dasturi orqali baholanadi.
Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan PISA sinovlariga tayyorgarlik doirasida test administratorlari uçun maxsus treninglar taşkil etildi.
Unda kompyuter va texnik qurilmalarni soz holatda tayyorlaş, AKT mutaxassislarining vazifalari, şuningdek, umumiy taşkiliy jarayonlar böyiça zaruriy könikmalar berildi.
❗️Maʼlumot uçun, 2022-yilda Özbekiston maktablari PISA testida ilk bor iştirok etgan edi. Sinov natijalariga köra, öquvçilarimiz 81 ta mamlakat vakillari orasida matematika böyiça 72-örinni, tabiiy fanlar va öqiş savodxonligi yönalişlarida 80-örinni egallagandi.
👉 @xushnudbek 👈
- 1 Telegram Stars


