Özbekiston matbuot erkinligi reytingida 148-örinda qoldi

Albom3-may, 2025, 11:312 daqiqa0 koʻrish

Özbekiston matbuot erkinligi reytingida 148-örinda qoldi

“Çegara bilmas muxbirlar” (Reporters Without Borders) taşkiloti jahon mamlakatlarida matbuot erkinligini baholab boradi. Mazkur taşkilot 180 ta mamlakatni öz içiga olgan 2025-yilgi reyting jadvalini eʼlon qildi. Özbekiston joriy yilda reytingda ötgan yilgidek, 148-örinda qoldi.

Umumiy reyting körsatkiçida Özbekiston ötgan yilga qaraganda 2,03 ball kam töplagan. Yaʼni ötgan yili 37,27 ball edi, joriy yil 35,24 ballga baholangan.

Qöşnilarimizning körsatkiçlari esa quyidagiça:

🇰🇿Qozoğiston — 141-örin (2024-yil 142-örin edi);
🇰🇬Qirğiziston — 144-örin (120-örin edi);
🇹🇯Tojikiston — 153-örin (155-örin edi);
🇹🇲Turkmaniston — 174-örin (175-örin edi);

Özbekistonning sönggi 10 yildagi örinlari:

🔹2016-yil — 166-örin
🔹2017-yil — 169-örin
🔹2018-yil — 165-örin
🔹2019-yil — 160-örin
🔹2020-yil — 156-örin
🔹2021-yil — 157-örin
🔹2022-yil — 133-örin✅
🔹2023-yil — 137-örin
🔹2024-yil — 148-örin
🔹2025-yil — 148-örin

2025-yilgi matbuot erkinligi reytingida kuçli öntalikka Norvegiya, Estoniya, Niderlandiya, Şvetsiya, Finlyandiya, Daniya, Irlandiya, Portugaliya, Şveytsariya va Çexiya joylaşgan. 

Eng oxirgi örinlarni Eritreya, Şimoliy Koreya, Xitoy, Suriya, Eron, Afğoniston, Turkmaniston, Vietnam, Nikaragua va Rossiya egallagan.

❗️Yana bir eʼtiborga molik jihati, tarixda ilk bor dunyodagi matbuot erkinligi holati “oğir” deb tasniflanmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek