Sport

Ertaga yigitlarimiz asosiy raqiblari — Hindiston-2 terma jamoasi bilan öynaydi

Albom7-avgust, 2022, 22:092 daqiqa0 koʻrish

Ertaga yigitlarimiz asosiy raqiblari — Hindiston-2 terma jamoasi bilan öynaydi.

Turnirning yetakçi eng yoş ikki jamoasi özaro kim kuçliligini aniqlab oladi.

Hindiston-2 turnirda juda zör qatnaşyapti. Ayniqsa, 16 yoşli Gukeş 9 ta imkoniyatdan 8,5 oçko töplab öziga xos rekord örnatdi. 8 ta turda ketma-ket ğalaba qozondi, faqat bugun ozarbayjonlik Şaxriyor Mamedyarov u bilan durang öynay oldi.

Ertaga Nodirbek Abdusattorov va Gukeş örtasidagi bahs şaxmat olamining bugungi kundagi eng kuçli ikki yoş şaxmatçisi örtasidagi duelga aylanişi aniq.

Yoş borasida:

Özbekiston jamoasi:

N.Abdusattorov — 17 yoş;
N.Yakubboyev — 20 yoş;
J.Sindorov — 16 yoş;
J.Vohidov — 27 yoş;
Ş.Vohidov — 20 yoş.

Hindiston-2 jamoasi:

Gukesh D — 16 yoş;
Nihal Sarin — 18 yoş;
Pragg R — 17 yoş;
Adhiban B — 29 yoş;
Sadhwani R — 16 yoş.

P.S.: Hindiston olimpiada mezboni bölganligi uçun turnirda 3 ta Hindiston jamoasi qatnaşmoqda. Yodingizda bölsa, Hindistonning 1-raqamli jamoasi bilan yigitlarimiz 6-turda töqnaş kelgan va 2:2 hisobida durang öynaşgandi.

***

Qizlarimizda nima gap?

Bugun qizlarimiz Isroil terma jamoasiga 1,5-2,5 hisobida mağlub bölişdi. Afröza Hamdamova ğalaba qozondi, Umida Omonova durang öynadi, Nilufar Yakubboyeva hamda Maftuna Bobomurodova mağlub böldi. Natijada 49-öringa tuşib ketişdi.

Ertaga qizlarimiz Paragvay terma jamoasiga qarşi dona surişadi.

Özbekistonlik şaxmatçilarga ertangi bahslarda çin dildan omad tilaymiz!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek