Sport

Yigitlarimiz Germaniyani, qizlarimiz Şimoliy Makedoniyani mağlub etişdi

Foto6-avgust, 2022, 22:531 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yigitlarimiz Germaniyani, qizlarimiz Şimoliy Makedoniyani mağlub etişdi

Şaxmat olimpiadasining 8-turida yigitlarimiz Germaniya terma jamoasini 2,5-1,5 hisobida mağlub etdi.

Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Jahongir Vohidov raqiblari bilan durang öynaşdi. Nodirbek Yakubboyev esa ham özining, ham jamoamizning ğalabasini taʼminladi.

Uşbu ğalabadan söng yigitlarimiz 6 ta ğalaba va 2 ta durang bilan 3-örinda borişmoqda.

Ertaga yigitlarimiz turnir peşqadami Armaniston terma jamoasiga qarşi dona suradi. Hozirça Özbekiston va Armaniston jamoalari mağlubiyatga uçramagan ikkita jamoa bölib turibdi. Qolgan barça jamoalar kamida bir marta mağlub bölişgan.

Ertaga dahşat jang böladi!!! Yigitlarimizga omad.

***

Qizlarimiz ham bugun Şimoliy Makedoniya ustidan 2,5-1,5 hisobida ğalaba qozondi.

Nilufar Yakubboyeva mağlub böldi, Maftuna Bobomurodova durang öynadi.

Umida Omonova va Afröza Hamdamova esa ğalaba qozondi.

Qizlarimiz 5 ta ğalaba bilan 40-örinda borişmoqda. Ertaga Isroil terma jamoasi bilan kuç sinaşadi.

Özbekistonlik şaxmatçilarga ertangi bahslarda çin dildan omad tilaymiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek