Euronews: Özbekistonda ijtimoiy himoya tizimi takomillaşmoqda
Euronews: Özbekistonda ijtimoiy himoya tizimi takomillaşmoqda
Euronews saytida Özbekistonning ijtimoiy himoya sohasidagi islohotlari haqida maqola eʼlon qilinibdi. Unda sönggi yillardagi amaliy natijalar alohida qayd etilgan.
Xususan, maqolada yagona raqamli tizim orqali yordam tezroq va şaffof taqdim etilayotgani, 92 mingdan ortiq nogironligi bölgan fuqarolar iş bilan taʼminlangani, 10 mingga yaqin inson mustaqil hayotga qaytgani haqida taʼkidlangan. Şuningdek, kambağallik reyestriga 621 ming oila kiritilib, ular uçun individual yordam rejasi işlab çiqilayotgani ham eʼtirof etilibdi.
Bundan taşqari, maqola muallifi reabilitatsiya vositalari röyxati kengaygani va ularni oliş muddati qisqargani, şuningdek, dorilar, uy şaroitlarini moslaştiriş hamda ijtimoiy xodimlar yordami köplab oilalar hayotida sezilarli özgarişlar qilayotganini yozgan.
- 1 Telegram Stars

