Farğonadagi gaz quyiş şoxobçasidagi portlaş oqibatida 4 kişi vafot etdi
Farğonadagi gaz quyiş şoxobçasidagi portlaş oqibatida 4 kişi vafot etdi
Keça, 17-dekabr soat 13:45 larda Farğona şahar Yangiyöl mahallasidagi “Petrolium” propan gaz quyiş şoxobçasida 5 m. kub siğimli konteynerga gaz quyiş jarayonida yoriq kelib çiqib, gaz moddasi taşqariga sizib çiqişi oqibatida, portlaş va yonğin sodir bölgan.
Natijada 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bölgan, şu hududda bölgan bir neçta fuqarolar turli darajada tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan. Körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan ulardan 3 nafari şifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Farğona viloyat IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi hamda 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirgi kunda jinoyat işi doirasida 5 nafar şaxs protsessual tartibda qamoqqa olingan, 2 nafar şaxslarni uşlaş çoralari körilmoqda. Tergov harakatlari davom etmoqda.
👉 @xushnudbek 👈



