Fatvo: «jihod» çaqiriqlariga işonib, Ukraina hududiga jang qiliş uçun boriş özbekistonliklar uçun şarʼan harom
‼️Fatvo: "jihod" çaqiriqlariga işonib, Ukraina hududiga jang qiliş uçun boriş özbekistonliklar uçun şarʼan harom
Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi Rossiya va Ukraina uruşida yurtdoşlarimizni iştirok etişga bölayotgan çaqiriqlar yuzasidan fatvo berdi. Fatvoda jumladan şunday deyiladi:
«Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya va Ukraina kabi uruş keçayotgan yerlarda istiqomat qilayotgan vatandoşlarimizga turli vaʼdalar bilan uruşga tarğib qiliş holatlari kuzatilmoqda. Ayrim terrorçi taşkilot vakillari esa paytdan foydalanib, “jihod” daʼvosi ostida turli xunrezliklarga çaqiriq bilan çiqmoqda.
Aslida musulmon kişini öz vatanini himoya qilişdan boşqa har qanday harbiy harakatlarda iştirok etişi şarʼan joiz bölmaydi.
❗️Uşbu uruşga “jihod” nomini beriş jaholatdan boşqa narsa emas. Çunki Islom şariatida jihod uçun belgilab qöyilgan öziga xos şart va talablar mavjud. Agar şartlar topilmasa, u heç qanday jihod hisoblanmaydi. Balki u Islomda harom qilingan uruş böladi. Bunda iştirok etganlar Allohning şariatiga qarşi çiqqan şayton askarlari qatorida böladi. Unda öldirganlar qotil, ölganlar esa gunoh uzra jon bergan boğiylar böladi.
Biz bugungi kunda kuraşlar, ziddiyatlar, dunyoni qayta taqsimlaşga qaratilgan öyinlar avj olgan bir vaziyatda yaşamoqdamiz. Şuning uçun bugungi kunning musulmon kişisi harqaçongidan köra ogoh va huşyor bölişi darkor. Xususan, turli fitnalarga aralaşmasligi lozim.
⚡️ Bu kabi fitnalarga aralaşiş şarʼan harom hisoblanadi. Qolaversa, amaldagi qonunçiligimizda ham xorijiy mamlakatlarning harbiy tuzilmalari, noqonuniy diniy taşkilotlar va terrorçi guruhlar tarkibiga aʼzo böliş taqiqlangan.
✅ Xulosa qilib aytganda, Islom dini ikki jamoa örtasida uruş boşlansa, ulardan biriga qöşilib, uni alangalatişga emas, balki tinçlikka erişişga çaqiradi. Şundan kelib çiqib, biz vatandoşlarimizni turli aldamçi tarğibotlarga uçmaslikka, fitnalardan yiroq bölişga daʼvat etamiz».
Özbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi
👉 @xushnudbek 👈



