Toşkentda 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetkazilgan
Toşkentda 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetkazilgan
Boş prokuratura tomonidan Toşkent şahridagi hozirga qadar foydalanib kelinayotgan arxitektura yodgorliklarining ahvoli örganilgan.
Poytaxtda mavjud 290 ta tarixiy binolarning 167 tasi taşkilot va idoralar tomonidan foydalanilmoqda.
Örganişlarda 29 ta arxitektura yodgorligiga zarar yetkazgan holda 818 dona konditsioner hamda 20 ta obyektga 36 ta soyabon va bannerlar özboşimçalik bilan örnatilgani aniqlangan.
Jumladan, davlat muhofazasidagi:
➖ Toşkent iqtisodiyot universiteti binosiga 30 ta;
➖ Fanlar akademiyasiga 49 ta;
➖ Transport universitetiga 98 ta konditsioner örnatilgan.
21 ta obyektdagi qonun buzilişi holatlari foydalanuvçilarning özi tomonidan bartaraf etilgan. 25 ta obyekt foydalanuvçisiga nisbatan maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi işlar qözğatilib, sudlarga yuborilgan.
Javobgarlik masalasi hal etilganlar orasida “Özarxiv”, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi, Ruhiy kasalliklar klinik şifoxonasi, “Geologiya muzeyi”, “Boşplan LITI” korxonasi va boşqa idoralar masʼul şaxslari bor.
👉 @xushnudbek 👈


