Muhim

Firibgarlarning navbatdagi tuzoği

Foto17-noyabr, 2023, 20:561 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

‼️Firibgarlarning navbatdagi tuzoği

Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent xalqaro aeroportida yölovçilar unutib qoldirgan yuklar sotilişi bilan boğliq xayriya aksiyasi ötkazilayotgani haqida maʼlumot tarqaldi.

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi Özbekistonning 11 ta xalqaro aeroportlaridan birortasida yölovçilarning unutilgan yuklari sotilmasligi va begonalarga berilmasligini bildirdi.

Taʼkidlanişiça, unutib qoldirilgan yuklar aeroport omborlarida 3 oy mobaynida saqlangaç, egasiz yuklar utilizatsiya qilinadi.

❓Unda bu xabar nega tarqatilmoqda?

Javobi oddiy: sodda odamlarning pulini şiliş uçun!

Suratdan körinib turibdiki, firibgarlar rasmni montaj qilib soxtalaştirgan. Siz ğolib böldingiz deyişadi va yöqolgan yuk uçun arzimagan pul söraşadi. Xarid qiliş uçun esa ularning saytiga kirib, plastik raqamlaringizni va SMS-kodni kiritasiz. Qarabsizki, hamma pulingizni “uxlatişadi”.

Yoki boşqaça aldov usullaridan ham fodalanişlari mumkin. Masalan, yuk uçun qançadir pul olişadi-yu, şu bilan yöq bölib qolişadi. Yoki yukingiz tayyor, dostavka uçun pul tölang, yuk uçun pulni esa qölga olganingizda berasiz deyişadi. Sizga bu işonarli körinadi. Ammo yakunda yana aldanasiz.

Xullas, bunaqa yolğon “loxotron”larga umuman işonmang! “Lox” bölmang.
#firibgar

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek