Özini Mirobod RUVD tergovçisi deya taniştirgan Aleksandr ismli firibgar telefon qildi
Hozirgina menga özini “Mirobod RUVD tergovçisi” deya taniştirgan Aleksandr ismli firibgar allambalo raqamdan telefon qildi. Kimdir mening ustimdan ariza beribdi ekan, iş uçun muhim hujjatlarni yuborişim kerak ekan. Tabiiyki, suhbat rus tilida böldi va tabiiyki u yolğon gapiryapti.
Köp gaplaşib ötirmadim, “şirin” gaplarimni aytib, aloqani uzib qöya qoldim.
Xullas, örtoqlar, buyoğiga yanada ehtiyot va yanada huşyorroq bölaverasizlar.
Yana qaytaraman: özini tergovçi, suriştiruvçi, oper, prokuraturadan, hokimiyatdan, mibdan, bankdan va yana allambalo joydanman desa, işonib qolmang. Mayli, istasangiz gaplaşing, lekin doim balki firibgardir degan fikr miyangizda tursin va şunga qarab iş tuting. Haqiqatdan organ xodimi yoki bank vakili bölsa ham, ular heç qaçon şaxsiy hujjatlar yoki SMS-kodlarni söramaydi. Heç kimga bunaqa şaxsiy maʼlumotlaringizni aytmang.
Kiçik maslahat: agar sizga telefon qilgan insonning firibgarligiga şubha qilsangiz, unda “hozir gaplaşa olmayman, telefon raqam ayting, qaytib qönğiroq qilaman” deb sörang. Çunki firibgarlar odatda xorijdan telefon qiladi va qaytib çiqişingiz uçun raqam ayta olmaydi. Bu har doim iş bermasligi mumkin-u, lekin 90% holatda firibgarlarni tezda aniqlab beradi.
👉 @xushnudbek 👈
- 17 Telegram Stars



