Muhim

Yana bir firibgarlik: Har bir fuqaroga 30 mln söm ijtimoiy tölov tölanadi

Albom12-sentabr, 2026, 11:102 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Yana bir firibgarlik: Har bir fuqaroga 30 mln söm ijtimoiy tölov tölanadi
#firibgar

Telegram guruhlar va kanallarda hammaga 30 mln söm ijtimoiy tölov berilmoqda, degan yolğon xabar tarqalmoqda. Bu firibgarlarning işi, bunaqa yolğonlarga işonib qolmang.
Firibgarlar odamlarni aldaşning oson usulidan foydalanmoqda. “Sizga davlat pul beryapti, sizga qança pul çiqqanini tekşiring” deyilgan xabar ostida gov.uz rasmiy saytining havolasi turibdi. Lekin havola ustiga bossangiz, umuman boşqa soxta saytga yönaltiradi.

Soxta saytga kirsangiz, “sizga 30 mln söm beramiz”, degan yozuv çiqadi. Yordam pulini rasmiylaştiriş uçun esa avval 101 ming 400 söm mablağni bitta plastik kartaga ötkazib berişni söraşadi.

Hozirda Milliy bankda oçilgan Valijonova Rayhona ismli jismoniy şaxsning plastik kartasiga ötkazişni söraşmoqda.

Soxta sayt yanada işonçliroq çiqişi uçun soxta odamlarning fikrlarini ham yaratişgan. “Men pul oldim” deb yozilgan gaplar ham yolğon.

Bunaqa firibgarlik holatlariga aldanmaysiz, degan umiddaman. Yaqinlaringizni ham ogohlantirib qöying.

Kiberxavfsizlik tuzilmalari esa tegişli çoralar körişi zarur.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek