Gibrid avtomobillardan ekologik sertifikat söralmaydi
Gibrid avtomobillardan ekologik sertifikat söralmaydi
Yil boşida gibrid avtomobillardan ekologik sertifikat talab qilişayotgandi.
Ekologiya vazirining birinçi örinbosari Obidjon Qudratovning maʼlum qilişiça, amaldagi qonunçilikka köra, gaz, benzin va dizelda yuradigan maşinalardan ekologik sertifikat söraladi, lekin elektromobillar bundan ozod qilingan.
Gibrid maşinalar haqida esa aniq norma yöqligi sababli tuşunmovçilik kelib çiqqan va sertifikat talab qilingan hamda tölov undirilgan. Maʼlum qilinişiça, hozirda Hukumat qaroriga özgartiriş kiritiş böyiça loyiha işlab çiqilib, tegişli taşkilotlar bilan kelişilgan, imzolaniş jarayonida. Loyihada gibrid avtomobillardan ham ekologik sertifikat söralmasligi aniq belgilab qöyilmoqda.
Senat raisi Tanzila Narbayeva masʼullarga Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan quyidagi normani eslatdi:
Inson bilan davlat organlarining özaro munosabatlarida yuzaga keladigan qonunçilikdagi barça ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin etiladi.
Hozirça yana bir asosiy savolga rasmiy javob yöq: qonunçilikni qöllaşdagi tuşunmovçilik sababli gibrid maşinasi uçun tölov qilgan fuqarolarga pullari qaytarib beriladimi? Aslida qöşimça tölov qilganlarga tiyin-tiyinigaça pullari qaytarilişi kerak.
👉 @xushnudbek 👈
- 5 Telegram Stars

