Har bir mahallada aholi jon boşiga kamida 3 tupdan daraxt ekiş vazifasi qöyildi
🌳 Har bir mahallada aholi jon boşiga kamida 3 tupdan daraxt ekiş vazifasi qöyildi
Şavkat Mirziyoyev Yangi Toşkent qurilişini jadallaştiriş hamda “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi işlar ijrosi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Majlisda bahorda ekilgan köçatlarning uçdan bir qismi nobud bölgani, ayrim hududlarda esa ekilmagan köçatlar ham hisobotga kiritilgani tanqid qilindi.
Yiğilişda quyidagi vazifalar belgilandi:
➖ har bir mahallada aholi jon boşiga kamida 3 tupdan daraxt ekiş;
➖ joriy yilda ekiladigan köçatlarning kamida 90–95 foizi tutib ketişini taʼminlaş.
Mahalliy gul va manzarali ösimliklarni köpaytirişga ixtisoslaşgan köçatxonalar taşkil etib, suvni köp sarflaydigan çim örniga iqlimga mos ösimlik va butalarni ekişga eʼtibor qaratiş zarurligi qayd etildi.
Şuningdek, Yangi Toşkentdagi har bir investitsiya loyihasi ustidan kunlik nazorat örnatilişi, yangi obyektlar foydalanişga topşirilgunga qadar elektr, suv, kanalizatsiya, issiqlik va yöl infratuzilmasi tayyor bölişi kerakligi taʼkidlandi.
👉 @xushnudbek 👈
- 4 Telegram Stars

