Toşkentda gaz bosimi pasaydi, taʼminot 2–3 soatda tiklanadi
Toşkentda gaz bosimi pasaydi, taʼminot 2–3 soatda tiklanadi
Energetika vazirligi xabariga köra, poytaxtda gaz bosimining pasayişi bilan boğliq holatni bartaraf etiş uçun tezkor çoralar körilgan.
Ayni paytda Toşkentga gaz yetkazib beruvçi quvurlarning kiriş nuqtalarida bosim oşirilgan. Yaqin 2–3 soat içida gaz taqsimlaş tarmoqlarida bosim bosqiçma-bosqiç kötarilib, isteʼmolçilar taʼminoti meʼyorga kelişi maʼlum qilindi.
Vazirlik aholini gaz jihozlarining sozligini tekşirişga va xavfsizlik qoidalariga rioya qilişga çaqirib, yuzaga kelgan noqulayliklar uçun uzr söradi.
👉 @xushnudbek 👈

