Muhim

HNK Media degan kompaniyaga işonib ötirmanglar

Albom27-sentabr, 2024, 20:482 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

HNK Media degan kompaniyaga işonib ötirmanglar. Bu "loxotron" va firibgarlarning moliyaviy piramidasi
#firibgar

Avval ham şu kabi firibgarlar haqida köp marta ogohlantirganman. Tesco Share, Solar City, SunEco, Parker, Disney va h.k. Bularning hammasi odamlarning pulini olib, oxirida qoçib ketdi.

HNK Media deganini ham örganib çiqdim, u ham yuqoridagi firibgarlardan va u ham bir xil usulda işlaydi. Siz nimagadir pul tikasiz va heç bir mehnat qilmasdan katta daromad olasiz. Özingiz bilan köproq odam olib kelsangiz, sizga kattaroq daromad vaʼda qilişadi. Mehnat qilmasdan pul topiş köplab odamlarni oson aldaşning usuli. Çunki deyarli hamma uyda yotvolib, qölini sovuq suvga urmasdan pul topişni xohlaydi. Osmondan pul tuşib tursa, qanday mazza!?

Firibgarlar aynan mana şundan foydalanmoqda. Afsuski, bir xil usul bilan har safar minglab odamlarni aldayapti.

Xullas, HNK Media degan kompaniyaga işonib ötirmanglar. Pul tikib qöygan bölsangiz, tezda yeçib olişga harakat qiling. Pul yeçiş uçun yana ozgina pul tikişing kerak, desa işonmang. Boşqa 1 tiyin ham pul tikmang. Hali pul tikmagan bölsangiz, unda baxtingiz ekan, tezda bu fikrdan qayting. Tanişlaringizga ham buni yetkazing.

Afsuski, bu yerdagi katta muammo — pul tikkan odamlarning özi bu yolğon ekanligiga işongisi kelmaydi. Aldanganini tan olişni xohlamaydi. Ularni yöldan qaytarmoqçi bölganlar bilan urişib çiqadi. "Sen bilmaysan, meni pul topayotganimni körolmaysan" deyişadi. Boşqalarni ham mana şu botqoqqa tortişga harakat qilişadi. Ammo siz ularga qayta-qayta bu yolğonligini aytavering. Oson bölmaydi, lekin boşqa ilojimiz yöq.

❗️Kiberxavfsizlikka masʼul organlar esa uxlab ötirmasdan, tezda bunaqa firibgar kompaniyalarga qarşi çora körişlari kerak. Har safar minglab sodda yurtdoşimiz aldanib qolişiga tomoşabin bölib turmasligimiz kerak.

KunUz ham HNK haqida material tayyorlagan ekan:
https://kun.uz/kr/77712363

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek