Fikr

Menga ham firibgarlar telefon qilişdi

Albom13-yanvar, 2025, 17:422 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Menga ham firibgarlar telefon qilişdi
#firibgar

Rossiyada aholini firibgarlardan ogohlikka çaqirib, "Goʼşakni qöyib qöy" ijtimoiy aksiyasi ötkazişgan. Aksiya doirasida turli vajlar bilan qönğiroq qiluvçi firibgarlardan ogohlantirişadi va gaplaşib ötirmasdan goʼşakni qöyib qöying, deyişadi.

3 kun oldin menga ham birinçi marta şunaqa firibgar telefon qildi. Rus tilida gaplaşdi. Şahar içki işlar bölimida tergovçiman, Sizga oid jinoyat işi oçilgan dedi.

"Bir ayol sizning nomingizdan soxta işonçnoma tayyorlabdi va bugun "Ipoteka bank"ga borib, sizning hisobingizdan 20 mln söm yeçmoqçi bölibdi. Oxirgi daqiqalarda bank xodimi işonçnoma soxtaligini sezib qolibdi, hozir jinoyat işi qözğatganmiz" dedi. Özimni bilmaslikka olib, "yöğey, şunaqa bölibdimi, voooy, endi nima qilamiz" deb eşitdim. "Biz sizni himoya qilamiz, ayrim maʼlumotlaringiz kerak" dedi. Bir neçta savollar bergandim, negadir tezda aloqani öçirib qöydi va qaytib telefon qilmadi.

Aytgança, gapining boşlarida qönğiroqni uzib qöydim. Qayta telefon qilganda, umuman boşqa raqamdan çiqdi. Bu ham firibgarlarni aniqlaşning bir usuli. Çunki ular odatda xorijda böladi hamda roumingdan telefon qiladi. Rouming orqali qönğiroq qilinganda esa har safar turli mahalliy raqam çiqadi.

Eng qiziği, ularda mening ism-familiyam bor ekan. Demak, millionlab özbekistonlikning şaxsiy maʼlumotlari internet kengliklarida kezib yuribdi. Bu jiddiy xavf hamda kiberxavfsizlikka masʼul idoralar uçun jiddiy savol.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek