Hojilarimizga murojaat: «Xolis amal qiling»

Video23-iyun, 2024, 18:5210 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Hojilarimizga murojaat: "Xolis amal qiling"

Muftiy şayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari hojilarimizga juda taʼsirli murojaat yöllabdilar.

Xabaringiz borki, muqaddas haj ziyoratiga ketgan yurtdoşlarimiz birin-ketin qaytib kelişmoqda. Bunaqa paytlarda eng keng tarqalgan, AMMO ŞARIATDA YÖQ BÖLGAN anʼanaga köra, hajga borgan hojilar dabdabali töy qiladi, yana bitta hajning xarajatini qilib, el-yurtga dasturxon yozadi, sovğa-salom ulaşadi.

Bunaqa dabdabalar şariatimizda yöqligi, aksinça Alloh isrofgarlarni yomon körişi, undan köra şu mablağlarni ehsonga, muhtojlarga sarflasa, savobi köproq bölişi haqida ulamolarimiz minglab çiqişlar qilişgan. Lekin deyarli foydasi bölmaydi.

"Odamlar nima deydi?", "Uyat böladi", "Hajga borsagu, "Hoji töy" qilmasak, xalq orasida qanday boş kötarib yuramiz" degan gaplar baribir nafsimizga tinçlik bermaydi.

Na hojilarimiz, na ularni kutib olayotgan yaqinlari bu "anʼana"ga qarşi çiqa oladi. Yurak yutib, qatʼiyat bilan ulamolarning maslahatiga amal qiladiganlar barmoq bilan sanarli bölsa kerak.

Nima qiliş mumkin, oçiği, men bilmayman. Qölimdan keladigani, hojilarimizga ulamolarning gaplarini yetkaziş va ularga töğri yölni yana bir bor eslatiş. Buning foydasi böladimi, yöqmi, Allohga ayon.

Eng avvalo barça möminlarga Haj ziyoratiga boriş nasib qilsin. Hajga borganlarning esa ibodatlarini Yaratganning özi dargohida qabul qilsin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek