Hujjat topşirayotganda nega yönaliş tanlayapmiz?
Manba:Xushnudbek.uz
❓Hujjat topşirayotganda nega yönaliş tanlayapmiz? Testdan keyin boşqa yönalişni tanlay olmaymizmi?
#abituriyent
Bu kabi savollar ötgan yili ham köp berilgandi, joriy yilda ham takrorlanyapti.
UzBMB saytidan röyxatdan ötayotganda "fanlar majmuasini tanlaş" degan joyni bossangiz, sizga yönalişlar röyxatini çiqarib beradi. Şu sababli köpçilik "biz yönaliş tanlayapmiz" deb öylab, adaşyapti.
Aslida ötgan yildan boşlab, birinçi bosqiçda yönaliş emas, şunçaki fanlar majmuasi tanlanadi. Yaʼni siz qaysi fandan imtihon topşirişingizni belgilaysiz xolos. Testlar töliq yakunlangaç esa, öşa fanlarga mos keladigan BEŞTA yönalişni tanlaysiz. Bunda yönaliş tanlaşda heç qanaqa çeklov yöq, asosiysi fanlar majmuasiga töğri kelsa böldi.
❓Unda nega röyxatdan ötişda yönaliş çiqyapti?
Bu masalani ötgan yili ham kötargandim.
Balki agentlik fanlar majmuasini tanlaşda abituriyentlarga osonroq bölsin, möljal olişga qiynalişmasin, degan maqsadda şunaqa qilgan bölsa kerak.
Aslida texnik jihatdan çalğitmaydigan boşqaça yöl qiliş kerak edi. Yaʼni abituriyentlar röyxatdan ötişda dastlab birinçi fanni, keyin ikkinçi fanni tanlaşi kerak, röyxatda ham faqat mavjud fanlar nomi çiqişi kerak edi.
Fanlarni tanlab bölgaç, pastda şu fanlarga mos keladigan yönalişlarning töliq röyxati çiqişi maqsadga muvofiq bölar edi. Şunda abituriyentda töliq tasavvur paydo bölardi. Hozirgi usul esa, rostdan çalğityapti.
Bundan taşqari röyxatdan ötiş çoğida qaysi fanlar majmuasi qaysi yönalişga töğri kelişini oson tekşirib oladigan imkoniyat ham bölişi kerak. Buning uçun albatta Telegram kanallarga ötib, qaysidir faylni köçirib olib qaraşi şart emas.
Ötgan yili şoşilinç özgarişlar bölganiga, ulgurişmagandir, deb yaxşi gumonda bölgandik, lekin joriy yilda ham heç narsa özgarmagan. Agentlikda bir yil davomida qulayroq va tuşunarliroq algoritm öylab topişga vaqt bor edi.
‼️XULOSA: röyxatdan ötişda tanlayotgan yönalişingizning heç qanday ahamiyati yöq. Hozir asosiysi fanlar majmuasiga qaraşingiz kerak. Test yakunlangaç, istalgan yönalişni tanlaşingiz mumkin böladi. Hattoki röyxatdan ötişda belgilagan yönalişingizni umuman tanlamaslikka ham haqqingiz bor.
Masalan, yuqoridagi rasmda men "Buxgalteriya hisobi" degan yönalişni tanladim va matematika-çet tili fanlari çiqib keldi. Test tugagaç, men matematika-çet tiliga mos keladigan beşta yönalişni tanlayman, bunda aynan buxgalteriyani tanlaşim şart emas.
ℹ️ ESLATMA: Qaysi fanlar majmuasiga qaysi yönalişlar mos kelişini mana bu yerdagi jadvaldan körib olişingiz mumkin:
https://t.me/xushnudbek/26738
👉 @xushnudbek 👈
- 21 Telegram Stars

