Tushuntirish

UzBMB (DTM) yana eski davrga qaytyaptimi?

Video15-iyul, 2024, 15:013 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

UzBMB (DTM) yana eski davrga qaytyaptimi? Yoki “bolasi yöqlar” yana savol tuzyaptimi?
#abituriyent

Keça testning ilk kunida huquq fanidan imtihonga kirgan abituriyentlar darsliklarda mavjud bölmagan maʼlumotlardan, xususan, Kodeks va qonunlardan tuzilgan savollar borligidan şikoyat qilişdi. Masalan, davlat ramzlari töğrisidagi qonunlar (bayroq qaçon kötarilişi, madhiya soat neçida aytilişi va hk), davlat byudjeti töğrisidagi qonun va hk.

Albatta, qölimda aniq fakt bölmagani uçun bu borada biror fikr aytişdan yiroqman, bunga UzBMB izoh bergani maʼqul. Har qanaqa vaziyatda ham savollar tayyorlanadigan manbalar aniq körsatilişi va bunga qatʼiy rioya qilinişi şart. Hamma qonunni yoddan bilişning iloji yöq, boz ustiga bular hali oddiy abituriyent, oliy maʼlumotli yurist emas. Agar biror qonundan savol berişmoqçi bölsa, öşa qonunlar röyxatini ham alohida eʼlon qiliş kerak.

Lekin men boşqa masalaga eʼtibor qaratmoqçiman. Keça testga kirgan abituriyentlarning aytişiça, Jinoyat va Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarda qaysidir qilmişga qanaqa jazo nazarda tutilgan degan savollar ham tuşgan emiş. Yaʼni sanksiya qismini söraşibdi.

Agar bu gap rost bölsa, agar testda bir donagina bölsa ham şunaqa savol tuşgan bölsa, unda bu şarmandalikdan boşqa narsa emas. Bunaqa savol tuzgan ekspertni butun umr "qora röyxat"ga tiqib, heç qaçon testlarga yaqinlaştirmaydigan qiliş kerak.

Rahmatli ustozimiz Omonulla Madayev tili bilan aytganda, bunaqa savollarga “farzandi yöq odam tuzgan savol” deb taʼrif beriş mumkin.

Biz Yuridik institutda öqib yurgan paytlarimizda ustozlarimiz sanksiya qismini yodlaşni taqiqlagan edi. Sababi qonunlar tez özgaradi, buni yodlaş befoyda. Undan köra, mazmunini tuşiniş kerak. Boz ustiga yurist doim qaror çiqarişdan oldin, kodeksni qayta oçib, yana bir marta öqib, keyin xulosa qilişi kerak, faqat xotirasiga işoniş aksinça çalğitadi. Uçinçidan, sanksiyalarga qatʼiy amal qilinmaydi, sudya vaziyatdan kelib çiqib, umuman öşa modda sanksiyasida körsatilmagan yengil jazoni ham berişi mumkin.

Qaysi kalla bilan keça maktabni tugatgan öquvçilarga JK yoki MJtK sanksiyasidan savol berişgan, hayronman. Sanksiyalarni hatto sudya, prokuror va tergovçilar ham yoddan bilmaydi-ku.

Yoki yana eski davrga qaytyapmizmi? Savollarni atayin qiyin qilib, mantiqiy fikrlaşga emas, faqat xotiraga qaratilgan savollar bilan yoşlar kelajagini sindirmoqçimizmi yana?

Vaziyatga albatta izoh berilişi kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Imtihonsiz «perevod» qilsa böladimi?

    0 koʻrish2 daqiqa

  2. «Perevod» uçun arizalar qabul qiliş boşlandi

    0 koʻrish1 daqiqa

Yana oʻqing