Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
“Qaçonki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga quloq osiş va itoat qiliş haqida bayʼat qilsak, sizga, toqatlaringiz yetgan narsada”, der edilar».
📖 Şarh: Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning bu gaplaridan körinib turibdiki, sahobalar tomonidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bayʼat takrorlanib turgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:
“Toqatlaringiz yetgan narsada”, deyişlari Islomning umumiy qoidasiga muvofiq gapdir. Islomda insondan uning toqatidan taşqari narsani talab qiliş yöq.
Uşbu hadisdan olinadigan foydalar:
1. Sahobai kiromlarning Rasululloh alayhissalomga qayta-qayta bayʼat qilganliklari. Demak, rahbar bilan unga ergaşganlar orasidagi ahdnoma – bayʼat vaqti kelganda yangilanib turişi maqsadga muvofiq ekan.
2. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamga quloq osiş va itoat qiliş haqida ham bayʼat qilinganligi.
3. Islom dinida insonni toqatidan taşqari narsaga taklif qiliş yöq ekanligi.
"Hadis va hayot" kitobidan
👉 @xushnudbek 👈



