Muhim

Imtiyozli abituriyentlar uçun qöşimça kvota va ball böyiça talablar maʼlum qilindi

Matn1-avgust, 2025, 14:441 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uz2025-yilgi qabul kvotalari tasdiqlandi: bakalavriatga 148,4 mingta kunduzgi taʼlim va imtiyozli kvotalar böyiça batafsil maʼlumot eʼlon qilindi.

‼️BU MUHIM:
#abituriyent

Turli tavsiyanomalar orqali davlat granti uçun qöşimça kvotaga daʼvogarlik qiladigan imtiyozli abituriyentlar yodidan çiqarmasligi kerakki, uşbu imtiyoz faqatgina 68 balldan köproq töplaganlarga hamda tanlangan birinçi yönalişga qöllanadi.

Agar tavsiyanomasi bor abituriyent, u xoh xotin-qizlar bölsin, xoh harbiylarning farzandlari bölsin, 68 dan kamroq ball töplagan bölsa, unda mazkur imtiyoz qöllanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi. Lekin ular xuddi oddiy abituriyent singari umumiy tanlovda özlari tanlagan beşta yönaliş böyiça bemalol qatnaşa oladi.

Agar tavsiyanomasi kontrakt uçun ham imtiyozli qöşimça kvota beradigan bölsa, unda bu imtiyozdan foydalaniş uçun abituriyent kamida 56,7 ball olişi kerak. Undan past ball olsa, imtiyozi kuyadi.

✅ Istisnoli holatlar:

Ball böyiça nogironligi bor abituriyentlar uçun istisno bor. Yaʼni uşbu toifadagilar 56,7 balldan oşirgan bölsa, grant uçun daʼvogarlik qila oladi.

Şuningdek, yönaliş böyiça ham istisno bor. Nogironligi bor hamda ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan abituriyentlar toifasi uçun qöşimça kvota beşta yönalişning barçasiga ötadi. Yaʼni boşqa toifadagilar faqat özlari tanlagan birinçi yönaliş uçun imtiyoz olsa, mazkur ikkita toifadagi abituriyentlar beşta yönalişda ham imtiyozga ega böladi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek