Tezkor

Öqişni köçiriş böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari ötkaziladi

Matn10-avgust, 2025, 16:441 daqiqa0 koʻrish

⚡️ Öqişni köçiriş böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari ötkaziladi

Talabalar öqişini xorijiy davlatlardagi, şuningdek, Özbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlaridan davlat oliy taʼlim muassasalarining alohida iqtidor talab etadigan yönalişlariga köçiriş böyiça kasbiy (ijodiy) imtihonlar 12–13-avgust kunlari bölib ötişi belgilandi.

Talabgorlar imtihonda iştirok etiş uçun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetidan olişlari mumkin.

Unda kasbiy (ijodiy) va test sinovi imtihonlarining ötkaziliş joyi, sanasi hamda vaqti haqidagi maʼlumotlar körsatilgan.

❗️ Talabgorlar test sinovi ötkaziladigan binoga ruxsatnomada belgilangan vaqtdan keçikmasdan, pasport (ID-karta) va ruxsatnoma bilan kelişlari lozim.

‼️ESLATMA: kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnaşgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan ötkaziladigan test sinovlarida ham iştirok etişlari şart. Aks holda, ularning kasbiy (ijodiy) imtihonda olgan ballari inobatga olinmaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek