Diplomatiya

Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi AQŞda Sara Minkara bilan uçraşdi

Albom7-dekabr, 2023, 12:362 daqiqa0 koʻrish

Ijtimoiy himoya milliy agentligi delegatsiyasi Amerika Qöşma Ştatlariga taşrifi davomida AQŞ Prezidentining xalqaro nogironlik siyosati böyiça maxsus maslahatçisi Sara Minkara bilan uçraşdi.

Qayd etilişiça, Sara Minkara nogironligi bölgan şaxslarni qöllab-quvvatlaş böyiça taşabbuslarni ilgari surişda, Özbekistonda "inklyuziv taʼlim"ni joriy etiş sohasida yordam berişga tayyorligini taʼkidlagan.

Sara Minkara nogironlik atrofidagi ijtimoiy stigmaga qarşi kuraşuvçi Empowerment Through Integration (ETI) notijorat taşkilotiga asos solib, dunyo miqyosida nom qozongan. U Livan, Malayziya, Nikaragua, Ruanda, Tailand va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda nogironlik huquqlari va inklyuzivlikni faol qöllab-quvvatlab keladi.

IHMA va Minkara hamkorligi soha rivojiga xizmat qiladi, deb umid qilamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek