Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamiyatimizda dolzarb bölgan muammoni kötaribdi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi jamiyatimizda dolzarb bölgan muammoni kötaribdi. Oilada farzandni tarbiyalaş, unga asosiy eʼtiborni qaratiş va eşita oliş – bolaning kelajakda kamol topişi va rivojlanişidagi muhim omil.
Bolaga beparvolik, uning qadr-qimmatini oyoqosti qiliş, salbiy muomala va jazo unga nisbatan zöravonlikdir. Bugun bolalarga nisbatan zöravonlikning har qanday körinişiga köz yumişni töxtatiş muhim ahamiyatga ega. Agentlik “Meni eşiting” PR-kampaniyasining işga tuşirilişida zöravonlikka uçragan va undan aziyat çekayotgan bolalarning baralla yangraydigan ovoziga aylanişiga katta umid boğlagan.
Avvalroq bolalarga nisbatan zöravonlikka qarşi qonun loyihasi muhokamaga qöyilgan edi.
👉 @xushnudbek 👈



