Muhim

Ilmiy darajali xodimlarga qöşimça haq tölaş tartibi özgardi

Matn10-noyabr, 2026, 16:201 daqiqaTelegramʼdagi körişlar: 71,4 mingSaytdagi körişlar: 1

❗️Ilmiy darajali xodimlarga qöşimça haq tölaş tartibi özgardi

Hukumat qarori (VMQ-604-son, 31.10.26-y.) bilan ilmiy darajali xodimlarga qöşimça haq belgilaş tartibiga özgartirişlar kiritildi.

Asosiy yangiliklar:

➖ Ilmiy, ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga oid maʼlumotlar yagona elektron bazaga kiritilib, tekşiriladi va tasdiqlanadi;

➖ Qöşimça haq belgilaşda elektron bazadagi tasdiqlangan maʼlumotlar asosiy manba hisoblanadi;

➖ Bazaga kiritilgan, ammo tasdiqlanmagan natijalar qöşimça haq hisoblaşda inobatga olinmaydi;

➖ Science ID orqali yuqori ilmiy faollik körsatgan har bir muallifga lavozim maoşining 10 foizigaça qöşimça haq belgilaş nazarda tutilmoqda.

ℹ️ Bunda gap barça xodimlarga avtomatik 10 foiz tölaş haqida emas, balki tegişli mezon asosida rağbatlantiriş haqida ketmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek755 ming obunaçi