Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlarning oilasiga BHMning 500 baravarigaça moddiy yordam beriladi
Favqulodda vaziyatlarda halok bölganlarning oilasiga BHMning 500 baravarigaça moddiy yordam beriladi
Hukumat qarori (VMQ-606-son, 3.11.2026-y.) bilan texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatida aholiga yetkazilgan zararni baholaş va qoplaş tartibi belgilandi.
Bunday vaziyatlarga transport avariyalari va halokatlari, kimyoviy xavfli va yonğin-portlaş xavfi mavjud bölgan obyektlar, energetika va kommunal tizimlaridagi avariyalar, bino konstruksiyalarining tösatdan buzilişi va boşqalar kiradi. Vaziyatni favqulodda deb tegişli komissiya eʼtirof etadi.
Bir martalik moddiy yordam miqdori:
➖ halok bölganlarning oila aʼzolariga — har biriga teng uluşda BHMning 500 baravarigaça (220 mln sömgaça);
➖ oğir tan jarohati olganlarga — 200 baravarigaça (88 mln sömgaça);
➖ örtaça oğirlikdagi jarohat olganlarga — 150 baravarigaça (66 mln sömgaça);
➖ yengil jarohat olganlarga — 100 baravarigaça (44 mln sömgaça).
Yordam sud tomonidan aybdor deb topilgan yuridik şaxslar yoki ularning mansabdor şaxslari hisobidan tölanadi. Aybdor aniqlanmagunça yoki u töliq tölay olmasa, pul tuman (şahar) hokimligi huzuridagi jamğarmadan 30 kun içida beriladi va keyin aybdordan undiriladi.
🗓 Jabrlanganlar favqulodda vaziyat yuz bergan kundan boşlab 30 kun içida komissiyaga ariza topşirişi kerak.
👉 @xushnudbek 👈


