Muhim

Iş beruvçilar va xodimlarga eslatma!

Matn19-mart, 2023, 15:011 daqiqa0 koʻrish

❗️Iş beruvçilar va xodimlarga eslatma!

Bugundan boşlab barça xodimlar 4 kun dam oladi. Ayrim iş beruvçilar bunday kunlarda ham xodimlarini işlatişga harakat qilişadi.

Şunday paytda iş beruvçi va xodimlar bilib qöyişi kerak bölgan tartib-qoidalar bor.

Mehnat kodeksining 130-moddasiga köra:

❌ dam oliş kunlarida işlatiş taqiqlanadi.

⚠️ Alohida hollardagina jamoa şartnomasida (agar u tuzilmagan bölsa kasaba uyuşmasi qömitasi yoki xodimlarning boşqa vakillik organi bilan kelişib) belgilangan asoslar böyiça, buyruq (farmoyiş) asosida dam oliş kunlarida işlatişga yöl qöyiladi.

Grafik-navbatçilik şaklida işlaydiganlarda tartib sal boşqaçaroq.

Kodeksning 157-moddasiga köra iş vaqtidan taşqari işlar, dam oliş kunlari va bayram kunlaridagi işlar uçun:

💵 kamida 2 hissa miqdorida haq tölanadi;
🛌 yoki xodimning xohişiga qarab boşqa dam oliş kuni (otgul) beriladi.

✅ Bayram kunidagi iş uçun boşqa dam oliş kuni berilgan taqdirda, bunday işlar uçun kamida bir hissa miqdorda mehnat haqi tölanadi.

🛑 Quyidagilarning roziligisiz dam oliş kunlaridagi işlarga jalb qiliş mumkin emas:
— homilador ayollar;
— 14 yoşga tölmagan bolasi bor ayollar;
— 16 yoşga tölmagan nogironligi bölgan bolasi bor ayollar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek