Kriminogen vaziyatni baholaşning yangi modeli joriy etiladi
❗️Kriminogen vaziyatni baholaşning yangi modeli joriy etiladi
Şavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni huquqbuzarliklar profilaktikasini zamon talablari asosida takomillaştiriş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Qayd etilişiça, hozirgi baholaş usullari asosan statistik maʼlumotlarga tayanadi, jinoyatçilikka taʼsir qiluvçi ijtimoiy-iqtisodiy omillar yetarliça tahlil qilinmaydi.
Taqdimotda yangi model doirasida quyidagilar közda tutilgani maʼlum qilindi:
➖ ilk bor aholining xavfsizlik hissi va yaşirin jinoyatçilik körsatkiçlarini ham inobatga oladigan “kriminogen barqarorlik indeksi”ni şakllantiriş;
➖ davlat idoralarining axborot resurslarini birlaştiradigan yagona kriminogen maʼlumotlar platformasini işga tuşiriş;
➖ sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida jinoyatçilik xavflarini tahlil qiliş va prognozlaş, kriminogen xaritalarni şakllantiriş.
Mazkur mexanizmlar orqali hudud va mahallalardagi kriminogen vaziyat muntazam baholanib, xavf darajasiga qarab manzilli profilaktika çoralari belgilanadi.
Kriminogen vaziyatni baholaşning yangi modelini joriy etişni nazarda tutuvçi farmon imzolandi.
👉 @xushnudbek 👈

