Diplomatiya

AQŞda demokratlar Kongressning har ikki palatasida nazoratni qölga kiritdi

Matn4-noyabr, 2026, 15:011 daqiqa0 köriş

🇺🇸 AQŞda demokratlar Kongressning har ikki palatasida nazoratni qölga kiritdi

AQŞda bölib ötgan oraliq saylovlarda Demokratik partiya Senatda ham, Vakillar palatasida ham köpçilik örinni egalladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

❗️ Asosiy natijalar:

➖ Senatda demokratlar hozirça 54 ta, respublikaçilar 44 ta örinni egallagan. Alyaska va Missisipi ştatlaridagi 2 ta örin böyiça natijalar hali eʼlon qilinmagan;

➖ Vakillar palatasida demokratlar hozirça 228 ta, respublikaçilar 139 ta örinni qölga kiritgan. Köpçilikni taʼminlaş uçun 435 ta örindan 218 tasi kerak;

➖ demokratlar anʼanaviy ravişda respublikaçilar kuçli bölgan Texas, Ogayo, Kanzas, Ayova va Janubiy Karolina ştatlarida ham Senat saylovlarida ğalaba qozondi.

❓ Bu nimani anglatadi?

2027-yil yanvaridan Kongressning har ikki palatasi demokratlar nazoratiga ötadi. Bu esa Tramp prezidentligining qolgan ikki yilida uning taşabbuslarini amalga oşirişni qiyinlaştirişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek768 ming obunaçi