Kuçli döl Uzbekistan Airways samolyotini şikastladi
Kuçli döl Uzbekistan Airways samolyotini şikastladi
Uşbu hodisa 3-avgust kuni Krasnoyarsk – Toşkent yönalişi böyiça HY9684 aviaqatnovini amalga oşirgan Airbus A320 havo kemasi bilan sodir bölgan.
Aviakompaniya xabariga köra, bir soatlik parvozdan söng Rossiya va Qozoğiston çegarasi böylab 11 ming metr balandlikda parvoz qilayotganda bu balandlik uçun anomal bölgan meteorologik hodisaga (döl) duç kelgan.
Natijada parvoz kemasining oldi oynalari şikastlangan. Ekipaj belgilangan protseduralarni amalga oşiriganidan söng, parvozni davom ettirişga qaror qilgan va Toşkentga qöniş jadvalga muvofiq amalga oşirilgan.
Parvozdan keyingi tekşiruvda şuningdek, meteolokator burun konusining (kok) şikastlanişi aniqlangan.
Havo kemasi bortida 174 yölovçi va 6 ekipaj aʼzosi bölgan.
Hozirgi vaqtda havo kemasining şikastlangan qismini taʼmirlaş işlari olib borilmoqda. Yaqin kunlarda havo kemasi muntazam ravişda parvozlarni amalga oşirişni boşlaydi.
👉 @xushnudbek 👈



