ReklamaMuhim

Kuçli taʼsir qiluvçi dorilarni internetda tarqatganlik va reklama qilganlik uçun javobgarlik belgilandi

Matn8-oktabr, 2024, 12:021 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️ Kuçli taʼsir qiluvçi dorilarni internetda tarqatganlik va reklama qilganlik uçun javobgarlik belgilandi

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan, ayrim kodekslarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.

Unga köra, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni telekommunikatsiya tarmoqlari va Internetdan foydalangan holda muomalaga kiritganlik va uşbu jinoyatlarni voyaga yetmaganlarni jalb qilgan holda sodir etganlik uçun javobgarlik kuçaytirilmoqda.

Şuningdek, uşbu moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda olganlik, saqlaganlik, taşiganlik yoki jönatganlik uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Bunday harakat maʼmuriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan taqdirda, quyidagi jazo çoralaridan biri qöllanişi belgilandi:

➖ BHMning 50 baravarigaça miqdorda jarima;
➖ 360 soatgaça majburiy jamoat işlari;
➖ 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari;
➖ 1 yildan 3 yilgaça ozodlikni çeklaş;
➖ 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 6 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek