Londonda Özbekiston madaniyati va milliy taomlari festivali ötkazildi

Albom10-iyun, 2024, 10:327 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Londonda Özbekiston madaniyati va milliy taomlari festivali ötkazildi
 
Özbekiston Turizm qömitasi, “Vatandoşlar” jamoat fondi, Çustiy Group jamoasi, Özbekistonning Buyuk Britaniyadagi elçixonasi bilan birgalikda joriy yilning 8-9-iyun kunlari Buyuk Britaniyaning London şahrida “Birlaşamiz!” şiori ostida “Özbekiston madaniyati va milliy taomlari festivali” ötkazildi.

Festival Londonning ramzi bölmiş “Tower Bridge” – maşhur Tauer köprigi yonida, Temza daryosi böyidagi “Potters Fields” boğida bölib ötdi.

Festival juda zör ötdi. Nafaqat Buyuk Britaniyada, balki butun Yevropada yaşaydigan Vatanini soğingan köplab yurtdoşlarimiz festivalga kelib, bir olam taassurot bilab qaytişdi. Hatto aynan şu festival uçun AQŞdan kelgan yurtdoşlarimizga ham guvoh böldim.

Festivalga kelganlar milliy taomlarimizdan yeb, qöşiqlarimizga raqsga tuşib, vatandoşlar bilan özbek tilida çaqçaqlaşib, mazza qilişdi.

Eng asosiysi festival faqat özbeklar uçun emas edi. Mehmonlarning yarmi xorijliklar, jumladan yoki mahalliy aholi, yoki Londonga turizm uçun kelgan turli millat vakillari bölişdi. Ularning aksariyati umrida birinçi marta özbek milliy taomlarini tatib körişdi, birinçi marta özbekça kuy-qöşiqlarni tinglaşdi, balki özi birinçi marta Özbekiston degan davlat borligini eşitgandir ham, kim bilsin. Yaʼni festival öz-özidan milliy qadriyatlarimizni yoyiş uçun ham yaxşi maydon böldi, deya olamiz.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek