«Lox»ga aylanmang!
«Lox»ga aylanmang!
#firibgar
Musodara qilingan arzon telefon yoki televizor sotaman, deb odamlarni köp aldaşmoqda.
Bu qanday böladi?
1️⃣ Qimmat telefon yoki televizorlarni arzonga sotamiz, çunki bular bojxonada musodara qilingan, deyişadi va bozordan ança arzon narx aytişadi;
2️⃣ Buning uçun öşa guruh va botlarga odam qöşişni söraydi. Yaʼni siz neçtadir döstingizni öşa guruhga qöşsangiz, sizga arzon narsa sotişadi, yöqsa sotib ololmaysiz deyişadi.
3️⃣ Pul ölsin-a, pul ölsin. Siz hovliqqança kontaktingizdagi barça döstlarni ULARNING RUXSATISIZ😡 öşa guruhlarga qöşib çiqasiz (kimnidir ruxsatisiz biror guruhga qöşiş befarosatlik);
4️⃣ Keyin esa qaçon menga arzon narsa tegarkin deb kutib yuraverasiz va şimildiriq sohibiga aylanasiz. Sizga baloni ham berişmaydi. Ammo siz döstlaringizni öşa noinsoflar guruhiga qöşganingiz qoladi xolos.
5️⃣ Undan ham yomoni — ayrimlarga “tabriklaymiz, siz yutdingiz, mana bu linkni bosib, arzon narsani oling” degan xabar ham kelişi mumkin.
❌ Öşa linkni zinhor bosa körmang, yoki Telegram profilingizni buzib kirişadi, yoki plastikdagi pullaringizni yeçib olişadi.
Baraka topgurlar, tekin va arzon narsalarga öç bölavermanglar. Sizni "lox" qilişlariga yöl qöymang. Döstlaringizga ham yuboring, ular ham aldanmasin.
👉 @xushnudbek 👈
