Tushuntirish

Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar

Matn31-avgust, 2025, 20:142 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar:
#abituriyent

➖ joriy yilda ham kontraktga kirgan qizlarga davlat byudjetidan tölov-kontrakt summasi qoplab beriladi. Buning uçun 15-sentyabrgaça kontrakt.edu.uz saytidan onlayn ariza beriş kerak böladi. Lekin hali ariza beriş boşlangani yöq, avval bugungi mandat natijalari töliq bazaga kiritilişi kerak. Qaçon oçilsa, qöşimça xabar beriladi;

➖ joriy yilda ilk marta magistraturada keçki va masofaviy taʼlim şakli ham oçildi. Bunda keçki yoki masofaviyga kirgan qizlarga ham davlat byudjetidan kontraktlari qoplab beriladi;

➖ magistraturada joriy yilda ham qöşimça qabul oçilişi kutilmoqda. Qöşimça qabul degani, bu xuddi bakalavrdagi super-kontrakt degani, yaʼni kira olmaganlar uçun qöşimça kvota ajratiladi. Lekin asosiy farqi — magistraturada qöşimça qabul kontrakti ança arzon böladi. Bunda qöşimça qabulga kirganlar 1 nafar talabani öqitişning haqiqiy xarajat summasini tölasa kifoya.

❓Bu nima degani?

Masalan, mutaxassislikka qarab, 1 nafar talabani öqitiş xarajati taxminan 15-25 mln söm atrofida böladi. Lekin davlat talabalarga yengillik bölsin deb, kontrakt summasini haqiqiy xarajatdan arzonroq qilib belgilaydi, qolgan zararni qoplaş uçun oliygohlarga byudjetdan subsidiya beradi.

Xullas, masalan, oddiy kontraktga kirganlar 10 mln söm tölasa, qöşimça kontraktga kirganlar 15 mln söm tölaydi. Magistraturada bakalavrdagi super-kontraktga öxşab, 7 baravar yoki 15 baravar tölaş degan narsa yöq;

➖ Qöşimça qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli byudjetdan qoplab berilmaydi. Birinçi kursda ham, ikkinçi kursda ham. Ular ikki yil haqiqiy xarajatni tölaydi, ikkinçi kursga ötganda oddiy kontrakt tölayman, deb öylaşmasin. Lekin qöşimça qabulga kirganlar grant taqsimotida iştirok etişi mumkin, agar natijasi yaxşi bölsa, 2-kursda grantga öta oladi;

➖ joriy yilda magistratura uçun qişki qabul rejalaştirilmagan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek