Tushuntirish

Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar

Matn28-sentabr, 2025, 22:062 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzVazirlar Mahkamasi qarori bilan kvota doirasida kira olmaganlar uçun qöşimça qabul oçildi. Kontrakt miqdorini OTMlar mustaqil belgilaydi.

Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar:
#abituriyent

➖ joriy yilda ham kontraktga kirgan qizlarga davlat byudjetidan tölov-kontrakt summasi qoplab beriladi. Buning uçun 30-sentyabrgaça ariza beriş kerak;

➖ joriy yilda ilk marta magistraturada keçki va masofaviy taʼlim şakli ham oçildi. Bunda keçki yoki masofaviyga kirgan qizlarga ham davlat byudjetidan kontraktlari qoplab beriladi;

➖ magistraturada joriy yilda ham qöşimça qabul oçilgan, buning uçun hujjat topşirilgan oliygohga murojaat qiliş kerak. Qöşimça qabul degani, bu xuddi bakalavrdagi super-kontrakt degani, yaʼni kira olmaganlar uçun qöşimça kvota ajratiladi. Lekin asosiy farqi — magistraturada qöşimça qabul kontrakti ança arzon böladi. Bunda qöşimça qabulga kirganlar 1 nafar talabani öqitişning real xarajat summasini tölasa kifoya.

❓Bu nima degani?

Masalan, mutaxassislikka qarab, 1 nafar talabani öqitiş xarajati taxminan 15-25 mln söm atrofida böladi. Lekin davlat talabalarga yengillik bölsin deb, kontrakt summasini haqiqiy xarajatdan arzonroq qilib belgilaydi, qolgan zararni qoplaş uçun oliygohlarga byudjetdan subsidiya beradi.

Xullas, masalan, oddiy kontraktga kirganlar 10 mln söm tölasa, qöşimça kontraktga kirganlar 15 mln söm tölaydi. Magistraturada bakalavrdagi super-kontraktga öxşab, 5 baravar yoki 15 baravar tölaş degan narsa yöq;

➖ Qöşimça qabulga kirganlar real xarajat miqdoridagi kontraktni 2 yil davomida tölaydi. Xuddi bakalavrga öxşab, faqat bir yil super-kontrakt tölab, ikkinçi kursdan oddiy kontraktga ötiş degan narsa yöq;

➖ Lekin qöşimça qabulga kirganlar grant taqsimotida iştirok etişi mumkin, agar natijasi yaxşi bölsa, 2-kursda grantga öta oladi;

➖ Qöşimça qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli byudjetdan qoplab berilmaydi. Birinçi kursda ham, ikkinçi kursda ham. Lekin xotin-qizlar grant taqsimotida qatnaşib, grantga ötsa, unda davlat grant ajratadi, tekinga öqişadi. Ammo grantga öta olmasdan, real xarajat miqdoridagi kontraktda qolişsa, unda davlat byudjetidan qoplab berilmaydi. Magistraturaga oddiy kontraktga kirgan xotin-qizlarga esa, kontrakt puli byudjetdan qoplanişi haqida yuqorida aytdik;

➖ Qöşimça qabulga kiriş uçun ham talab darajasidagi sertifikati bölişi şart. Qöşimça qabul - bu keyinçalik sertifikat oliş şarti bilan hozir sertifikatsiz talabalarni öqişga qabul qiliş degani emas;

➖ joriy yilda magistratura uçun qişki qabul rejalaştirilmagan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek