Tushuntirish

Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar

Matn4-sentabr, 2026, 22:412 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar:
#abituriyent

➖ ötgan yili magistraturada keçki va masofaviy taʼlim şakli ham oçilgan edi. Bunda keçki yoki masofaviyga kirgan qizlarga ham davlat byudjetidan kontraktlari qoplab beriladi;

➖ magistraturada joriy yilda ham qöşimça qabul oçilişi kutilmoqda. Qöşimça qabul degani, bu xuddi bakalavrdagi super-kontrakt degani, yaʼni kira olmaganlar uçun qöşimça kvota ajratiladi. Lekin asosiy farqi — magistraturada qöşimça qabul kontrakti ança arzon böladi. Bunda qöşimça qabulga kirganlar 1 nafar talabani öqitişning haqiqiy xarajat summasini tölasa kifoya.

❓Bu nima degani?

Masalan, mutaxassislikka qarab, 1 nafar talabani öqitiş xarajati taxminan 15-25 mln söm atrofida böladi. Lekin davlat talabalarga yengillik bölsin deb, kontrakt summasini haqiqiy xarajatdan arzonroq qilib belgilaydi, qolgan zararni qoplaş uçun oliygohlarga byudjetdan subsidiya beradi.

Xullas, masalan, oddiy kontraktga kirganlar 10 mln söm tölasa, qöşimça kvotaga kirganlar 15 mln söm tölaydi. Magistraturada bakalavrdagi super-kontraktga öxşab, 7 baravar yoki 15 baravar tölaş degan narsa yöq;

➖ Qöşimça qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli byudjetdan qoplab berilmaydi. Birinçi kursda ham, ikkinçi kursda ham. Ular ikki yil haqiqiy xarajatni tölaydi, ikkinçi kursga ötganda oddiy kontrakt tölayman, deb öylaşmasin. Lekin qöşimça qabulga kirganlar grant taqsimotida iştirok etişi mumkin, agar natijasi yaxşi bölsa, 2-kursda grantga öta oladi;

➖ joriy yilda magistratura uçun qişki qabul rejalaştirilmagan.

👉 @xushnudbek 👈

  • 2 Telegram Stars
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek