Maktab bitiruvçilari hujjat topşirişda şahodatnoma kiritişi şart emas
❗️Maktab bitiruvçilari hujjat topşirişda şahodatnoma kiritişi şart emas
#abituriyent
Maktab bitiruvçilari bir qator elektron qulayliklardan foydalanişlari mumkin.
Eng avvalo ular maktab şahodatnomasini oliş uçun maktabga borişi, qaçon berilarkin deb kutişi şart emas. Şunçaki e-shahodatnoma.uz sayti orqali 20-iyun, yaʼni ertadan boşlab şahodatnomani onlayn yuklab oliş mumkin. Elektron yuklab olingan şahodatnoma rasmiy hujjat sifatida huquqiy kuçga ega böladi.
Ikkinçidan, bitiruvçi abituriyentlar hujjat topşirayotgan payti maktab şahodatnomasi maʼlumotlarini kiritişi şart emas.
Şahodatnomalar bazasi OTMlarga hujjat topşiriladigan my.uzbmb.uz saytiga integratsiya qilingan. Yaʼni bitiruvçilar öqişga hujjat topşiriş jarayonida pasport maʼlumotlarini kiritsa kifoya, şahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda özi çiqib keladi.
e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy örta taʼlim maktablari 11-sinf bitiruvçilarining şahodatnoma maʼlumotlari kiritilgan:
➖ Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi umumiy örta taʼlim maktablari;
➖ Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablar;
➖ Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazlari;
➖ Nodavlat taʼlim taşkilotlarining 11-sinf bitiruvçilari.
Maʼlumot uçun: joriy yilda umumtaʼlim maktablarini 390 mingdan oşiq bitiruvçilar tamomlaydi.
👉 @xushnudbek 👈

