Energetika vazirligi Rossiyadan gaz sotib oliş şartlarini qisman oçiqladi

Matn19-iyun, 2023, 15:151 daqiqa0 koʻrish
Javob berilgan xabar: Xushnudbek.uzÖzbekiston va “Gazprom” gaz yetkazib beriş böyiça hujjatlarni imzoladi. Gaz miqdori va narxi oçiqlanmagan.

Energetika vazirligi Rossiyadan gaz sotib oliş şartlarini qisman oçiqladi

Gaz oldi-sotdisi böyiça şartnoma “UzGastrade” AJ va “Gazprom eksport” MÇJ örtasida 2 yil muddatga tuzilgan.

“Şartnoma töliq tijoriy şartlarda işlab çiqilib, respublika isteʼmolçilarining tabiiy gazga bölgan ehtiyojini qisman qondiriş hamda kuz-qiş mavsumini betalafot ötkazişga qaratilgan çora-tadbirlardan biridir”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Şartnoma doirasida joriy yil 1-oktyabrdan boşlab kuniga 9 million kubometr tabiiy gazni import qiliş boşlanişi möljallanmoqda. Yillik hajm esa qariyb 2 milliard 800 million kubometrni taşkil etadi.

Tabiiy gaz narxi mintaqadagi bozor narxlari asosida, şuningdek, respublikamizdagi amaldagi narxlar hamda ularni bozor tamoyillari asosida şakllantiriş böyiça amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan islohotlardan kelib çiqib, kelişilgan.

“Yöl xaritasi”ga muvofiq, avval tabiiy gaz “Örta Osiyo – Markaz” magistral gaz quvuri orqali Qozoğistondan tranzit bilan Rossiyaga yuborilganligi va endilikda gazning revers rejimida (teskari oqimda) Özbekistonga yetkazilişini, şuningdek, respublikamiz hududida yangi gaz ölçaş stansiyasi qurilişini hisobga olgan holda, belgilangan tadbirlarni joriy yilning sentyabr oyiga qadar yakunlaş rejalaştirilgan.

Jumladan, “yöl xaritasi” doirasida respublikamiz gaz-transport tizimidagi 3 ta gaz haydaş uskunasi yangilariga almaştiriladi va 11 ta turli rusumdagi gaz haydaş uskunasida mukammal taʼmirlaş hamda tiklaş işlari bajariladi. 22 kilometrlik yangi magistral gaz quvurlari quriladi va 56 kilometrlik gaz quvurlari taʼmirlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek