Rasman

Monopol kompaniya 1 yilda 2 tadan ortiq maşina olganlarga maşina sotişni rad qilişi mumkin

Foto26-dekabr, 2023, 19:251 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Endi monopol kompaniya 1 yil içida 2 tadan ortiq maşina olganlarga kelgusi 1 yilda maşina sotişni rad qilişi mumkin

Hukumatning tegişli qaroriga (683-sonli, 25.12.2023 yil) köra, çakana savdo qoidalariga quyidagi mazmundagi band qöşildi:

“Agar bozorda ustun mavqega ega sotuvçida özi tomonidan işlab çiqarilgan avtomototransport vositasini sotişda içki bozordagi talabni qondiriş imkoniyati mavjud bölmaganda, bir şaxs bilan 12 oy davomida avtomototransport uçun ikkitadan ortiq şartnoma tuzilganda, sotuvçi keyingi 12 oy mobaynida uşbu mahsulot uçun qayta şartnoma tuzişdan boş tortiş huquqiga ega”.

Bu bilan olibsotarlarga qarşi kuraşişmoqçi, şekilli. Lekin katta foydasi bölmasa kerak, qarindoş-uruğlarining nomiga rasmiylaştirib, olibsotarlikda davom etaverişadi.

Eslatib ötamiz, 2 kundan buyon ÖzAvtoSanoat kompaniyasi onlayn sotuvlarni eʼlon qilgan, lekin köpçilikda saytdan foydalanişning deyarli imkoni bölmayapti. Avval saytga xakerlar hujum qildi, deb eʼlon qilişdi. Ammo hozirda ham tizimiga kirişning imkonini qilib bölmayapti.

Masalan, şunçaki sinaş maqsadida özim ham kirib kördim, garçi login va parolimni töğri tersam ham, OneID tizimi xato deya çiqardi. Xullas, hammasi közböyamaçilikka öxşaydi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek