Navoiyda Olimpiada çempioni fuqaroni urgani aytilayotgan videoxabar yuzasidan rasmiy maʼlumot
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan Navoiy şahrida Olimpiada çempioni bir fuqaroni urib tan jarohati yetkazganligi aytilayotgan videoxabar yuzasidan rasmiy maʼlumot
Mazkur holat Navoiy viloyati IIB tomonidan örganildi. Aniqlanişiça, voqea joriy yilning 22-avgust kuni tungi soat 2:00 larda Navoiy şahrida sodir etilgan. Spirtli içimlik taʼsirida bölgan 1994-yilda tuğilgan S.A. restoranlarning birida işlovçi 2004-yilda tuğilgan fuqaro M.U. bilan özaro oğzaki tortişib qolib, uni heç bir sabablarsiz qöli bilan yuz sohasiga urib, tan jarohati yetkazgan.
Suriştiruvlar davomida gumonlanuvçi fuqaro S.A. Olimpiada çempioni emasligi, öşa kuni restoranga 1995-yilda tuğilgan disk uloqtiriş böyiça ikki karra Paralimpiya öyinlari çempioni, fuqaro E.S. bilan birgalikda uning avtomaşinasida borganligi, özaro tortişuv kelib çiqqan jarayonda fuqaro E.S. avtomaşina salonida bölganligi va holatga keyinçalik aralaşib, fuqaro S.A. ni tinçlantirişga harakat qilganligi hamda jabrlanuvçi fuqaroga tezkorlik bilan yordam körsatganligi maʼlum böldi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va gumonlanuvçi S.A. protsessual tartibda uşlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
👉 @xushnudbek 👈


